Onlayn CONTEST olimpiadasi o‘tkaziladi…
Samarqand davlat universiteti Start-uplarni qo‘llab-quvvatlovchi inkubatsiya markazi tomonidan onlayn CONTEST olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Bu olimpiada talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va dasturlash sohasi bilimlarini sinash maqsadida TATU SF bilan birgalikda tashkil etilgan.
Onlayn CONTESTdagi masalalar inkubatsiya markazi rezidentlari tomonidan tuzilgan. G’olib va sovrindorlar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatdan quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin: https://robocontest.uz/olympiads/87
Talabgorlar 8-yanvar 20:00 ga qadar ariza topshirishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, onlayn CONTEST haftada bir marotaba tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqida https://t.me/Samsim_uz telegram kanali orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

