- Bunday kitoblar meni hayratga soladi, chunki siz ularni oxirigacha o‘qib bo‘lgach, darhol o‘ylaysiz: qaniydi bu yozuvchi mening eng yaqin do‘stim bo‘lsa-yu va u bilan xohlagan paytda telefonda gaplashsam;

         - Har doim biror kimga “siz bilan tanishganimdan xursandman” deyman. Aslida men bundan umuman xursand emasman. Ammo odamlar bilan yashashni istasangiz, buni aytishga majbursiz;

         - Biror kishi vafot etgani sababli o‘zimizni uni sevishni to‘xtata olmaymiz, ayniqsa u barcha tiriklardan yaxshiroq bo‘lsa, bilasizmi?

         - Kun keladi va qayerga borishni o‘zingiz hal qilishingiz kerak bo‘ladi. Shunda zudlik bilan o‘zingiz qaror qilgan joyga borishingiz kerak. Darhol. Bir daqiqani yo‘qotishga ham haqqingiz yo‘q. Sizga bu mumkin emas.

 

Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romanidan