Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka turidan turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnir qizg‘in ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

    Yakunda shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni professor Xamza Turobov (kimyo fakulteti), 2-o‘rinni dotsent Xoliqul Nazarov (maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti), 3-o‘rinni  dotsent Ismoil Ergashev (kimyo fakulteti) egalladi.

    Ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni dotsent Nafisa Jalilova (maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti), 2-o‘rinni katta o‘qituvchi Gulnoza Tursunova (kimyo fakulteti), 3-o‘rinni Mehribon Berdimurodova (maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti) qo‘lga kiritdi.

    Shuningdek, shashka sportidan erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni Aktam Ximmatov (universitet taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi), 2-o‘rinni Sardor Sheraliyev (raqamli texnologiyalar fakulteti),  3-o‘rinni Normat Xasanov (universitet taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi) egalladi.

    Ayollar o‘rtasida Gulbahor Rahimova (maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti), Gulnora Negmatullayeva (maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim fakulteti) lar zabt etdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.