Kredit-modul tizimini joriy etish – ta’lim samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi…

Samarqand davlat universitetida “Kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish” mavzusida seminarlar boshlandi. Mazkur seminarga universitetning barcha professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 19-noyabrdagi 483-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilayotgan ushbu seminarda tinglovchilarga kredit-modul tizimi bo‘yicha barcha ko‘rsatmalar berilmoqda, - deydi o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Begali Alikulov. – Shuningdek, bunda xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribalari, tizimning muhim tamoyillari, kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, tizimni raqamlashtirish va jarayonning me’yoriy-uslubiy ta’minoti batafsil tushuntirilmoqda. Mashg‘ulotlar universitetda kredit-modul tizimini joriy etish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun Samarqand davlat universitetda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, ta’lim jarayonlari kredit-modul tizimida amalga oshirilmoqda.
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi,
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar