Agar hayotda baxtli yashab o‘tishni istasang, uni muayyan odamlar yoki buyumlarga emas, biror ulkan maqsad sari bag‘ishla.

* * *

Men ikkita jahon urushi boshdan kechirganim va ikki marta uylanganimni e'tiborga olsak, hozirda yomon yashayotganim yo‘q...

* * *

Hayotda shunday maqsadni tanlash kerakki, u sendagi mavjud hamma imkoniyatni ishga solishni talab qilsin.

* * *

Agar omadni A bilan belgilasak, uning formulasi quyidagicha bo‘ladi: A=x+y+z. Bunda x -mehnat, y - hordiq, z - tilni tiya bilish.

* * *

Agar uch soatdan keyin o‘lishimni bilganimda, men ushbu uch soatni ham eng foydali deb hisoblagan ishga sarflashni o‘ylagan bo‘lardim.

* * *

Inson hayotining asl qadri - uning boshqalar hayotini yanada go‘zal va farovon qilishga qanchalik darajada yordam bera olayotgani bilan ma'no kasb etadi. Hayot - muqaddasdir; ta'bir joiz bo‘lsa, hayot - boshqa barcha narsa bo‘ysunadigan eng oliy qadriyatdir.

* * *

Hayotda omadga erishish uchun intilma. Hayoting mazmunli bo‘lishi uchun intil.

* * *

Inson faqat jamiyat bilan uzviylikdagina hayot mazmunini anglashi mumkin.

* * *

Odam faqat o‘zini yengib o‘tgandan keyingina haqiqiy ma'noda yashay boshlaydi.

* * *

Insonga biror nima o‘rgatishning eng maqbul usuli - unga shaxsan o‘rnak ko‘rsatishdir.

* * *

Uzoq umrli hayotim davomida shunga amin bo‘ldimki, biz egallagan bilimlarimiz - haqiqiy ilm oldida juda jo‘n va bolalarcha sodda ekan. Shunga qaramay, u biz ega bo‘lgan eng nodir xazinamizdir.

* * *

Maktab ta'limining asosiy maqsadi - mutaxassis tatyorlash emas, balki, ma'nan barkamol shaxs tarbiyalash bo‘lmog‘i kerak.

* * *

Ilmni faqat amaliyot uchun xizmat qilishga bo‘ysundirilsa, u turg‘unlikka yuz tutadi.

 

Albert Enshteyn