Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti talabasi Sanjar Isomiy ijodidan
BIR NAFAS...
Bir nafas ko‘nglingga kirolsam koshki,
Bir nafas ko‘ngilning torini chertsam.
Shalabbo ruhimni siylasang jo‘shqin,
So‘zlaringni tinglab uyquga ketsam.
Sevgi azobingdan hijroning shirin,
O‘tmishim lavhida qayg‘ular bisyor.
Bir shu‘la bor, qovog‘ingga yashirin,
Qara, ko‘ksim uzra jon bersin g‘ubor.
Mehringga poklansa, zax bosgan bu dil,
O‘zimni unutgum, dunyoni qo‘yib.
Ayriliq jomlari bo‘ladi chil-chil,
Yozsam, qonim ila ismingni o‘yib.
Ajriq bosar ko‘zni, soyangni izlab,
Kel ey firoqlaring, jonni olmasdan.
Kel ey oshiqlaring, yig‘lasin tizlab,
Menda bong urguvchi tuyg‘u qolmasdan.
Sanjar Isomiy

