Samarqand davlat universiteti jamoasi Nasrullayeva Madina Akramovna vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi
Madina Nasrullayeva 1960-yil 30-mayda Samarqand shahrida tug’ilgan. Moskva san’at instituti kutubxonachilik faoliyati fakultetini tamomlagan.
1977-yildan 2021-yil avgust oyiga qadar Samarqand davlat universiteti axborot resurs markazida faoliyat yuritgan. Jumladan, 2012-2021-yillarda markaz direktori lavozimida ishlagan.
Madina Nasrullayeva umrining asosiy qismini universitetda, axborot-resurs markazining yaxshilanishi uchun o’tkazdi. U kishi qanday lavozimda mehnat qilmasin, xizmat vazifasini talab darajasida bajarishi, ko‘p sonli professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatishi bilan kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelgan.
Samarqand davlat universiteti jamoasi

