Viloyatimiz bank tizimi xodimlari o‘rtasida Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlov uchun “Avesto” kitobidagi “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” tamoyili shior qilingan holda o‘tkazildi.

     Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu tanlov xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirishni, ularning ma’naviy-ma’rifiy barkamolligi, bilim darajasini yuksaltirishni maqsad qilgan.

    Tanlov uch bosqichda bo‘lib, ikki shart natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 11 nafar xodim finalda bellashdi.

    Ishtirokchilar finalda “Adabiyot bilimdoni”, “Buyuk mutafakkir va adiblar”, "She’riyat” shartlari bo‘yicha o‘z bilim va iqtidorini sinovdan o‘tkazdi.

    Final chin ma’nodo adabiyot, nazm va navo bayrami shaklida o‘tkazildi. Davrada yig‘ilgan shoir va yozuvchilar, so‘z ixlosmandlari tomonidan o‘qilgan she’r va g‘azallar, qo‘shiqchi va sozanda Abdumalik Daminovning jonli ijrodagi qo‘shiqlari final fayziga yanada fayz qo‘shdi.

    Yakunda g‘oliblar diplom, statuetka, kitoblar to‘plami va kompyuterlar bilan taqdirlandilar.