Ma’lumki ta’lim tizimini elektronlashtirish yo‘lida ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Samarqand davlat universiteti ana shunday raqamli universitetlardan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

         Bugun qisqa vaqt davomida talabalarning yaqin do‘sti, sirdoshiga aylanib ulgurgan 94 nafar tyutorlar uchun xizmat planshetlari tantanali ravishda topshirildi.

         Shuningdek, har bir planshetga maxsus dastur o‘rnatilgan bo‘lib, tyutorlar talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun ko‘plab onlayn imkoniyatlarga ham ega bo‘ladi.

         Planshetlarni SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Zebiniso Rahmonova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Sharofat Bektoshevnalar topshirdi.

         - Ushbu xizmat planshetlari bizning ishimizni yanada osonlashtiradi. Talabalarning turar joylari haqida yetarli ma’lumot to‘plash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ijtimoiy tarmoqlarda foydali manbalarni topishida yordam berishimiz uchun bu planshetlar berildi, - deydi tyutor Gulchehra Mustafoqulova.

         Shuningdek, universiteti Axborot texnologiyalari markazi xodimlari tomonidan yangi dasturni o‘rganish yuzasidan alohida o‘quv-seminari ham tashkil etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.