Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Ibodulla Mirzayevning tavallud topgan kuni.
Olim Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Ibodulla Mirzayev Alisher Navoiy xalqaro jurnalining bosh muharriri sifatida ham samarali faoliyat olib bormoqda.
Samarqand davlat universiteti jamoasi bugungi qutlug‘ kun egasi - Ibodulla Mirzayevga uzoq umr, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi

