Ilk bitiruvchilar ikki tomonlama diplomlarga ega bo‘ldi…

Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti xorijning 10 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. 2019-yilda ilk bora qabul qilingan psixologiya, mexatronika va robototexnika, axborot va multimediya texnologiyalari bo‘yicha magistratura mutaxasisligini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom (dauble diploma) topshirildi.
Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha Moskva psixoanaliz instituti, mexatronika va robototexnika mutaxassisligi “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universiteti, axborot va multimediya texnologiyalari Fransiyaning Injenerlar oliy maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
- Mexatronika va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha “STANKIN” Moskva davlat texnologiya universitetida dasturga binoan bir yarim yil mobaynida magistratura bosqichida o‘qidim. Bu albatta oson bo‘lmadi. O‘qish jarayonida bir qator yutuqlarga erishdim, - deydi bitiruvchi Suxrob Kenjayev. – Hozirda SamDU xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib boryapman. Ulkan marralarni zabt etishni oldimga maqsad qilganman. Ilmiy izlanishda davom etib, ta’lim tizmini yanada rivojlantirishda o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar