Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida 800 mingga yaqin talabalarga 32 228 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Shundan ilmiy darajalilar – 12 686 nafar bo‘lib, fan doktorlari (DSc) – 2 657, fan nomzodlari (PhD) – 10 029 nafarni tashkil etadi.

         Doktorlik dissertatsiya himoya ko‘rsatkichi 3,6 barobarga oshirilib, ilmiy darajali pedagoglar ulushi respublika bo‘yicha 39 foizga yetkazildi.

         2021 yilda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qabul kvotasi 4 baravarga oshirildi.

         2022 yilda kvotalar soni yana qariyb 100 foizga oshirilib, vazirlik tizimidagi oliygohlarga doktorantura uchun 1956 ta kvota (1218 ta PhD, 124 ta DSc, maqsadli doktoranturaga 204 ta PhD, 10 ta DSc) hamda stajyor-tadqiqotchilikka 292 ta kvota ajratildi.

         Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida 3 434 nafar doktorant (3221 nafar tayanch doktorant – PhD, 213 nafar doktorant – DSc) va 400 nafar stajyor-tadqiqotchilar ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

         Hozirgi kunda 65 ta oliy ta’lim muassasasi va 88 ta ilmiy tashkilotlarda (jami 153 ta) doktorantura faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

         Doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilish soni chegarasi (5 nafargacha tadqiqotchiga rahbarlik qilish) oshirildi.

         Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab stajor-tadqiqotchilar uchun stipendiya miqdori (3,913 mln. so‘m);

tayanch doktorantlar uchun stipendiya miqdori (4,420 mln. so‘m);

doktorantlar uchun stipendiya miqdori (5,647 mln. so‘m) etib belgilangan.

         2021 yil 1 dekabr oyi holatiga ko‘ra 1405 ta dissertatsiya ishlari, jumladan, 182 ta fan doktori, 1223 ta falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun himoya qilindi.

         Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021 yilda holatiga ko‘ra respublika oliy ta’lim muassasalarida umumiy mablag‘i 165 mlrd 447 ming so‘m bo‘lgan 403 ta ilmiy loyiha bajarilmoqda.

         Shu jumladan, umumiy mablag‘i 21,698 mlrd so‘m bo‘lgan 59 ta fundamental loyihalar, umumiy mablag‘i 94,492 mlrd so‘m bo‘lgan 193 ta amaliy loyihalar umumiy mablag‘i 42,030 mlrd so‘m bo‘lgan 101 ta innovatsion loyihalar, umumiy mablag‘i 7,225 mlrd so‘m bo‘lgan 50 ta yosh olimlarning fundamental, amaliy va innovatsion loyihalari bajarilmoqda.

         2021 yilda umumiy mablag‘i 72,8 mln dollar bo‘lgan 337 ta xalqaro ilmiy-amaliy loyiha bajarilmoqda.

         Shuningdek, 27 ta oliy ta’lim muassasasida Jahon banki krediti doirasida Akademik innovatsiyalar fondi mablag‘lari (4 mln. AQSh dollari) hisobidan 32 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

         Oliy ta’lim muassasalari 2021 yilda korxona va tashkilotlar bilan umumiy mablag‘i 101,7 mlrd. so‘m bo‘lgan 3160 ta xo‘jalik shartnomalari asosida loyihalar bajarib kelinmoqda.

         2021 yilda 206 ta xalqaro va 273 ta respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy texnik-tadbirlar rejaga asosan o‘tkazildi.

         Respublikada 15 ta oliy ta’lim muassasasida 39 ta ilmiy laboratoriya mavjud bo‘lib, 183 nafar xodim laboratoriya xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

         Biroq, ushbu ilmiy laboratoriyalarning faqat 30 foizi xalqaro standartlarga javob beradigan laboratoriya uskuna va jihozlariga ega.

         Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida 7 ta oliy o‘quv yurtlariaro ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va bosqichma-bosqich jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

         Ilmiy-tadqiqot laboratoriya jihozlari xaridi bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlari natijasiga ko‘ra 2020 yil dekabr va 2021 yil yanvar oylarida umumiy qiymati 10,3 mln AQSh dollari bo‘lgan shartnomalar imzolandi.

         Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida 35 ta oliy ta’lim muassasasi va 21 ta iste’molchi-ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi ta’minlanadi.

         Shuningdek, fizika fanlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida hududlarda 6 ta oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarini tashkil etildi.

         2021 yil dekabr holatiga ko‘ra 1 819 ta patent (jumladan, 226 ta ixtiro, foydali model uchun patent, 1593 ta dasturiy mahsulotlar uchun guvohnoma) olingan.

         Oliy ta’lim muassasalarida Scopus ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasi jurnallarida 3747 ta maqola nashr etildi.