Bugun Geologiya fanlari universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilish dasturiga muvofiq vazir Abduqolir Toshqulov yig‘ilishni ochib, oliy ta’lim tizimida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

    Xususan:

    - O‘tgan 5 yilda 22 ta xorijiy hamda 21 ta nodavlat oliy ta’lim muassasalari tashkil etilib, oliygohlar soni 65 tadan 156 taga yetdi, oliygohlarga qabul 3 baravarga ortdi;

    - yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 28 foizga oshirildi;

    - joriy 2021 yilda 25 ta yangi oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, davlat oliy ta’lim muassasalari soni 106 taga yetdi.

    - 2021 yilda 2 ta filial va 3 ta pedagogika fakultetlari negizida Pedagogika institutlari, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus hamda Termiz filiallari hamda Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali alohida institutlarga aylantirildi.

    - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti uning Buxoro va Qarshi filiallariga alohida institut maqomi berildi.

    - shuningdek Yangi O‘zbekiston universitetining tashkil etilganligi bu iqtidorli yoshlarimiz uchun yaratilgan alohida imkoniyatdir;

    - yetakchi xorijiy universitetlar filiallari tashkil etildi. Bunda “Sankt-Peterburg davlat universiteti” filiali, Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti filiali, Qozon federal universiteti filiali hamda Italiyaning Piza universiteti filiali;

    - yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 28 foizga yetkazilib, 170 ming nafardan ortiq yoshlarimiz oliy ta’limga qabul qilindi. Davlat grantlari 7 250 taga yoki 25 foizga oshirildi.