Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti birinchi bosqich yigit-qizlariga talabalik guvohnomalari topshirildi. Fakultetda 4 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 500 nafar birinchi bosqich talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Tadbirni fakultet dekani, professor Azamat Pardayev ochib berib, bugungi kun bilan barcha ishtirokchilarni qutladi.

     Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, professor Hotamjon Umurov talabalarga to‘rt yil davomida erishiladigan yutuqlar va bu borada amalaga oshirilishi kerak bo‘lgan maslahatlarini alohida e’tirof etdi.

    - Talabalik - oltin davrim. Bu kunlarni hech qachon unutmasam kerak, - deydi filolologiya fakulteti talabasi Sabina O‘rmonova. – O‘qishimiz boshlanganiga ko‘p vaqt bo‘lmasada, fakultetdagi ustozlarimdan, do‘stlarimdan ko‘p bilimlarni egalladim, dunyoqarashim yanada shakllanmoqda. O‘z oldimga ulkan rejalarni qo‘yganman. Faqat talabalik guvohnomasi bilan bilan emas, balki magistrlik va undan yuqori darajalardagi guvohnomalarni qo‘lga kiritmoqchiman.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati

Shavkat Akramov olgan suratlar