Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi…
Uy-joy sharoitini yaxshilash istagida bo‘lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar o‘zini-o‘zi boshqarish organi tuman(shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga so‘rovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasi har chorakda (chorak birinchi oyning 15-kunigacha) xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini o‘rganib chiqadi.
Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingach:
Uy-joyga muhtoj xotin qizlar ko‘pi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.
Bunda:
- uy joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo‘yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlang‘ich badal to‘lab beriladi;
- Tuman (shahar) hokimligi 20 kun ichida ijtimoiy uy joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi (ko‘pi bilan besh yil muddatga);
- Ijara shartnomasi tuzilgandan keyin besh kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish - qabul qilish dalolatnomasi tuziladi;
- Dalolatnoma tuzilgacha, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar besh kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi;
- Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli bo‘ladi va ular bo‘yicha alohida hisob yuritiladi.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar keksa yoshdagi va o‘zi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi;
Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib 1 kvadrat metri uchun:
- Toshkent shahrida 1 yilga BHM ning 2 foizi
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorda belgilanadi
Ijara shartnomasi belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har oyda bir marotaba monitoring olib boriladi.
Manbaa: @ huquqiyaxborot

