2021-yil 27-dekabr kuni soat 14:00da Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil qilinadi.

    Uchrashuvda quyidagi mavzular bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tadi:

     - yoshlarning qonunchilikda belgilab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlari;

     - sohani rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar, fikrlar va takliflar.

    Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalar bilan yaqindan tanishtirish. Shuningdek, huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo‘lgan yoshlarni eshitishdan iborat.

    Huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan talaba yoshlar Adliya vaziri bilan uchrashuvda ishtirok etish uchun  2021 yil 27 dekabr soat 9:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish kerak.

    Ro‘yxatdan o‘tish uchun suratdagi kuar koddan yoki https://bit.ly/3qpgK68   havolasidan foydalaning.

    Manbaa: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi