Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida “Talabalik oltin davrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni fakultet dekani Dilfuza Jo‘raqulova kirish so‘z bilan ochib, talabalarni samimiy muborakbod etdi.

    Universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Muxtor Nosirov yoshlarni tabriklab, ularni chet tillarini o‘rganishga, ilm olishga chaqirdi.

    Talabalarga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

    Shundan so‘ng yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati

Shavkat Akramov olgan suratlar.