Kelajak psixologlari taqdirlandi…
Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakultetida “Kelajak psixologlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv uch bosqichda, ya’ni nazariy, amaliy bilimlarini sinovdan o’tkazib, berilgan mavzu bo’yicha mahorat darslarini namoyish etib berishdi. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarning bilim va ko‘nikmalarni yanada oshirish, hamda malakali mutaxassis qilib tayyorlashda ko’maklashish. Tanlov psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Dildora Sulaymonova va Iroda Xudoynazarovalar tomonidan o‘tkazildi.
Bunda g‘olib bo‘lgan talabalarga esdalik sovg‘alar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi. Bundan tashqari bo‘lajak psixologlar “Psixolog qasamyodi”ni qabul qilishdi. Ze’ro, shifokorlar inson tanasi sog‘lig‘i uchun mas’ul bo‘lsalar, psixologlar esa, insonning “qalb” salomatligi uchun mas’uldirlar. Shu maqsadda yosh psixologlar hayotda o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lishga, insonlarning qalb jaroxatlarini davolashga, o‘z xizmat vazifasini yuksak darajada ado etishga xamda insonlarning ichki sirlarini sir saqlashga qasamyod qildilar.









Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar

