Samarqand davlat universitetida filologiya fanlari doktori, professor Jo‘liboy Eltazarov tavalludining 60 yilligi nishonlandi
Samarqand davlat universitetida taniqli olim, Turk tilshunoslik jamiyati muxbir a’zosi Jo‘liboy Eltazarovning 60 yillik yubileyi keng nishonlandi.
Tadbirni Samarqand davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Ahmadjon Soliev ochib, universitet rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodovning tabrigini o‘qib eshittirdi va esdalik sovg‘alari topshirdi.
Shundan so‘ng, universitet Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan Jo‘liboy Eltazarov hayoti va faoliyati haqidagi film namoyish etildi.
Shuningdek, bir qator nufuzli mehmonlar:
Aziz Abduhakimov – Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri.
Muslihiddin Muhiddinov - Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi.
Suyun Karimov – filologiya fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi
Rustam Qobilov – Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
Komiljon Rashidov – Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i.
Alparslon Akimji - Turkiya elchixonasi madaniyat attashesi.
Jasur Rizaev - Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor.
Turg‘un Ko‘chkunov - Forishlik mehnat faxriysi.
Jozef Hoffman - Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori o‘zlarining samimiy tilak va dil izhorlarini bildirdilar.
Tadbir ko‘tarinki va yuqori kayfiyatda davom etdi.
Jo‘liboy Eltazarov tadbir yakunida barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildirar ekan, o‘z umrining teng yarmini Samarqand davlat universitetida o‘tkazganini va bu oliy dargoh uning hayotida tub burilish bo‘lganligini aytib o‘tdi.
























Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

