Hech qachon aytish kerak bo‘lmagan 9 maslahat

Ruhiy ta’sir qilish
Munosabatlar go‘yo oq qog‘oz. Bir marta buksangiz, qanchalik urinmang, u qaytib o‘z holiga kelmaydi. Shuning uchun og‘zimizdan chiqayotgan har bir so‘zimizga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Balki siz uchun gapirayotgan gapingiz ranjitmaydiganday tuyulishi mumkin, ammo u kimga atalgan bo‘lsa, uning ko‘ngliga tegishi mumkin.
BU MENING MAJBURIYATIMGA KIRMAYDI, BUNING UCHUN MENGA PUL TO‘LASHMAYDI
Ishxonalarda eng keng tarqalgan iboralar. 99% holatda bu gap rahbaringizni jahlini chiqarib, sizning ishga qanchalik sovuqqonlik bilan qarashingizni ko‘rsatadi. Shuning uchun bu vaziyatda: “Bugunga topshiriqlarim juda ko‘p. Qaysi birini birinchi bajaray?”, deb so‘raganingiz ma’qul.
SIZ BILAN GAPLASHISHGA VAQTIM YO‘Q “MEN BANDMAN”
Bunday javoblar – yomon tarbiyaning belgilaridir. Mana bunday deyish odobdan bo‘ladi: “Meni kechiring-u, hozir meni muhim majlisim bor, men borishim kerak. Keling, qo‘ng‘iroqlashib, muammongizni keyingi safar hal qilamiz” yoki “Keling, buni bir soatdan so‘ng maslahatlashamiz. Ayni vaqtda, bir muhim ishni tugatayotgandim”.
BALKI BU GAPIM AHMOQONA ESHITILAR, AMMO...
Bunday “chiqish” gapirmoqchi bo‘lgan narsangizni boshidanoq asoslanganligini shubha ostiga qo‘yadi. Bu iborani aytishni o‘zingizga qat’iyan man qiling.
XAFA BO‘LMANGU, LEKIN...
Bu ibora undan so‘ng qandaydir yoqimsiz gap kelishiga ogohlantirishdek eshitiladi. Shu yo‘l bilan suhbatdoshingizni sizning gapingizni xafa bo‘lib tinglashiga moslashtirib qo‘yasiz. Shuning uchun bu ibora og‘zingizdan mana-mana chiqay deganda, darhol mavzuni boshqasiga o‘zgartiring.
VOY SEMIRIBSIZMI YOKI OZIBSIZMI?
Vazn – ko‘pchilikning og‘riqli nuqtasi. Insonlar qomatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni qiyinchilik bilan qabul qiladi. Shunday ekan bu to‘g‘risidagi izohlar uning kayfiyatini buzishi mumkin. Buning o‘rniga “Ko‘rinishing ajoyib!”, deganingiz yaxshi.
YOSHINGIZGA NISBATAN ANCHA YAXSHI KO‘RINAR EKANSIZ
Bu ibora go‘yo yoshingizni eslatib qo‘ygandek eshitiladi va quyidagi ma’noga teng: “Boshqa keksalar bilan taqqoslaganda siz ancha-muncha tetik ko‘rinasiz”. Shunchaki: “Ko‘rinishingiz yaxshi”, deb qo‘ysangiz bo‘lgani.
O‘ZINGNI KO‘RSATYAPSANMI?
Janjal ko‘tarmang. Nizo chiqarish o‘rniga: “Men” olmoshini ishlatib, urg‘uni suhbatdoshingizning yomonligiga emas, balki o‘zingizni qanday his qilayotganingizga berasiz. Bunday yondashuv u uchun sizni bezovta qilayotgan muammoni hal qilishga turtki bo‘ladi.
AGAR HAQIQATDAN MENI SEVGANINGDA, SEN...
Bu iborani aytar ekansiz, nafaqat jufningiz ustidan hukmronlik qilishga uringan, balki uning munosabati sizni qoniqtirmayotganini ochiq namoyish qilasiz. Mazkur so‘z o‘rtangizdagi aloqani mustahkamlashi amri mahol. Undan ko‘ra: “Agar siz … qilganingizda, o‘zimni yaxshiroq his qilgan bo‘lardim”, deganingiz ma’qul. Samarali munosabatlarni saqlab qolishning eng yaxshi yo‘li – nega xafa ekanligingizni tushuntirish va shundan so‘ng yechimini taklif etish.
“U SENGA ARZIMASDI”, “UNDAN QUTILGANINGGA XURSANDMAN”
Jufti bilan ajrashgan do‘stingiz yoki dugonangizni tinchlantirishga urinayotgan bo‘lsangiz ham u buni didiga nisbatan haqorat yoki insonlarni ajrata olmaslik belgisi sifatida qabul qilishi mumkin. Bu ibora o‘rniga: “U o‘z baxtini yo‘qotdi”, deng. Yaqiningiz bu so‘zni to‘g‘ri tushunadi va daldangizni his qiladi.
Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi