Sen so‘ra, ne bo‘lar oxiri,

Yorilgin, U bilar, bilmadim.

So‘z dedim, dilimda og‘irin,

Tilimdan birovga bermadim.

****

Unut de, “o‘tkinchi senmisan?”

O‘t qo‘ychi, senmisan? Sovidim.

Qovurg‘am ostida yurakni,

Muhabbat taftida qovurdim.

****

O‘chir de, so‘zingni ayt mag‘rur,

O‘chirding o‘zingni osonmi?

Kechirdim, muhabbat tushmagur,

Ichirdi, ko‘zyoshla qasamni.

****

Tentirar, ko‘ksingda shamollar,

Bag‘ringda quyosh yo‘q chiqqali.

Ummondek chayqalar xayollar,

Bir zumga o‘zingdan chiq qani.

****

O‘zgarding, bisoting shumi ayt,

Sensiz ham tashvishim ko‘p deding.

Men seni tanidim o‘sha payt,

Sen asli azaldan ko‘p eding.

Shahrizod Shodiyev