Samarqand davlat universitetida tadqiqotchilar faoliyati monitoring qilinmoqda...
Samarqand davlat universitetida doktorantlar, tayanch doktorantlar, stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar joriy yilning 20-25-dekabr kunlari faoliyati samaradorligi bo‘yicha monitoring qilinmoqda. Ishchi guruh yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan tuzilib, izlanuvchilar faoliyati adolatli baholanmoqda. Samarqand davlat universitetida 300 nafarga yaqin tadqiqotchi bo‘lib, har biri yakka tartibdagi ish rejasini bajarilish bo‘yicha belgilangan tartibda ishchi guruhga hisobotlar taqdim qilmoqda.
Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan tadqiqotchilar Ilmiy Kengash qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.
Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertaеsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar ilmiy ishini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.
Bu boradagi Vazirlar Mahkamasining 304-sonli qarori belgilangan. Bu haqida quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin: https://lex.uz/docs/3213410





Ilmiy tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy
pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi,
Shavkat Akramov olgan suratlar.

