- Hammasi qalbingga bog‘liq: qalbingni o‘zgartir, dunyoing ham o‘zgarsin.

- Ba’zan uzoqlashmoq kerak, yaqinlashmoq uchun. Ba’zan eslamoq kerak, eslanmoq uchun. Ba’zan yig‘lamoq kerak, ochilmoq uchun. Ba’zan sukut yaxshidir, tinglamoq uchun.

- Har narsaning me’yori yaxshi. Odobning esa ortig‘i.

- Do‘st degani gulday bo‘lmog‘i kerak: ham yaprog‘i, ham tikani bilan.

- Ba’zan ortingga qarab qo‘y: shunda qayerdan kelganingni unutmaysan.

- Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan.

- Sevmaganga chumoli ham yuk, sevganga fillar ham chumolidek gap. Agar inson oshiq bo‘lsa va ishonsa tog‘ni ham yelkasida tashiy oladi.

- Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.

 

Shams Tabriziy