Tyutor va talabalar imkoniyati cheklangan bolalarga Yangi yil bayrami kayfiyatini ulashishdi…
Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti jamoasi viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 62-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatiga tashrif buyurdi. Bundan asosiy maqsad o’quvchi-yoshlarga Yangi yil bayram kayfiyatini ulashish. Tadbir ko’tarinki ruhda bo’lib, bolalar uchun qiziqarli o’yinlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Shuningdek bayram sovg’alari topshirildi.
- Men o’ninchi sinfda o’qiyman. Bugungi kun uchun tashkilotchilarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman, - deydi maktab-internati o’quvchisi Yorqin Toshbekov. – O’qishga juda qiziqaman, lekin shu kungacha qaysi oliy ta’limga o’qishga topshirsam, deb ikkilanardim. Bugun tashrif buyurgan aka, opalarimizni ko’rib, bir qarorga keldim. Samarqand davlat universitetiga o’qishga kirishni o’z oldimga maqsad qildim. Men bu marallarni zabt etish uchun astoydil harakat qilaman. Barchaga kelayotgan Yangi yil muborak bo’lsin.















Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar.

