ASABIYLASHASIZMI?
Bu hayotda nimalar bo‘lmaydi deysiz!? Gohida jahlimiz shunday chiqadiki, uni jilovlay olmaymiz.
Xo‘sh, bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Quyida bir necha tavsiyalarni keltirib o‘tamiz:
-Turgan holatda bo‘lsangiz o‘tirib oling.
-O‘tirgan bo‘lsangiz yotib oling.
-Asabiylashishga sabab bo‘layotgan obyektni tark eting.
-Imkon darajasida hech kimga gapirmang.
-Hammom qabul qiling, yoki yuz qo‘lingizni sovuq suvda yuving.
-Yaratganga shukrona ayting.
-Imkon bo‘lsa, biroz mizg‘ib oling.
-Shokalad yoki kofe iste’mol qiling.
Eng asosiysi o‘ylab ko‘ring-chi:
Shu yoshga kirguncha qancha asab tolalaridan ajraldingiz, qanchalik asabiylashuvchi bo‘lib qoldingiz. Qolgan asab tolalaringiz 60, 70 yoki 80 yoshga kirguningizcha bardosh beradimi?
Tafakkur qilib ko‘ring:
- Asabingizni buzganingiz bilan nima o‘zgaradi?
- Asabingiz arzirli sabab bilan buzilyaptimi o‘zi?
- Qazoyi-qadar inson qo‘lidami?
Mana shu savollarga qoniqarli javob bera olsangiz unda mayli “ASABIYLASHAVERING”.
Muxtasam Sulaymonov
Samarqand davlat universiteti
psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi

