Gender tenglik va xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlashning huquqiy choralari
Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida shu mavzuda seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir SamDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi raisi Sharofat To‘xliyeva tashabbusi bilan tashkil etildi.
Seminarda gender tenglik xotin-qizlarning huquqlari, sog‘lom turmush tarzi, gigiyena qoidalari, talaba-qizlarning odob-ahloq qoidalariga rioya etilishi kabi mavzular muhokama etildi.
- Gender tenglik yetarli darajada xotin-qizlar va erkaklarning inson huquqlari, shu jumladan zo‘ravonlikdan erkin bo‘lgan, oilada va jamiyatda xavfsiz va qulay sharoitda hayot kechirish huquqlarini, himoyalanishini o‘z ichiga oladi, - deydi Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi Gulchehra Beshimova. - Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar taʼminlash jamiyatimizda tinchlik va iqtisodiy barqarorlikni saqlashning asosiy omillaridan biridir. Shuni hisobga olgan holda “2020-2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” loyihasi tayyorlanib, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan kelishilmoqda.


Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi

