Ijarada turuvchi talabalarning xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama etildi…
Samarqand davlat universitetida ijarada turuvchi talabalarni muntazam xavfsizligini o‘rganib borishni tashkil etish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat IIB, FVB, SamDU ma’sul xodimlari va tyutorlar ishtirok etdi.
- Ijarada turuvchi talabalar bilan doimiy tarzda ularning hol-ahvolidan xabardor bo‘lib turibmiz. Ayniqsa, hamkorlarimiz bilan birgalikda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz, - deydi SamDU talabalar turar joylari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Haydarov. - Talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga javob bermasligini inobatga olib, amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.




Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar

