Moskva davlat universiteti professor-o'qituvchilari talabalarimizga dars bermoqda
Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti talabalari uchun Moskva davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi dotsenti Yekaterina Vinogradova “Arxeologiyaga kirish” fanidan ma’ruza va seminar darslar olib bormoqda.
“Ibtidoiy davr arxeologiyasida tosh qurollarini o‘rganishning asosiy metodikasi" mavzusidagi dars mashg‘uloti taqdimotlar asosida bo‘lib, talabalarning mavzu bo‘yicha bilim ko‘nikmasi shakllandi.
- Dars mashg‘uloti qizg‘in va bizda katta taassurot qoldirdi. Mavzu kishilik tarixi tosh asri jamoalarining moddiy madaniyatini tadqiqotida dolzarb masalalardan biri bo‘lgan tosh qurollarni o‘rganishning asosiy metodikasiga bag‘ishlangan, - deydi SamDU arxeologiya kafedrasi o’qituchisi Ulug‘bek Umarov. - Shu bois ayni kunda arxeologik tadqiqotlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar, xususan, tipologik, kompleks, tabiiy fanlar yutuqlari, trassologik kabilar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldik.
Xolmatov Normuhammad
Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya kafedrasi mudiri, dotsent

