Samarqand davlat universiteti roman-german tillari kafedrasi fransuz tili o‘qituvchisi Nigora Negmatova to‘garak ishtirokchilari bilan birgalikda “Yangi yil bali” nomli bayram tadbiri o‘tkazdi.

          Tadbir yuqori kayfiyatda, samimiy ruhda o‘tkazildi.

          Talabalar tomonidan fransuz milliy raqslari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ular tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

          Shuningdek, talabalar bayram munosabati bilan tayyorlangan turli quvnoq shartlarni bajarishdi. Bu bayram qatnashchilariga o‘zgacha zavq berdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.