Muzeylar maʼnaviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda oʻziga xos oʻrin tutadi. Saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak maʼnaviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, eʼzoz va muhabbat tuygʻusini uygʻotish bilan birga, ularda aziz Vatanga munosib farzand boʻlish tuygʻusini ham shakllantira oladigan maskandir. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlgan muzeylar yosh avlodga xalqimizning qadimiy va boy tarixi, oʻziga xos madaniyati, istiqlol gʻoyalarini yanada teran anglashga koʻmaklashmoqda.

          Samarqand davlat universitetining yuridik fakulteti tyutori Obidjon Naxalbayev boshchiligida talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “O‘zbekiston madaniyati davlat tarixi muzeyi”ga sayohat uyshtirildi.

          - Sayohat davomida talabalar muzeyda saqlanayotgan bronza davriga oid zargarlik buyumlari, zardushtiylik ossuariylari va diniy buyumlari, VIII asrga oid shaxmat kabi noyob tarixiy eksponatlar bilan tanishdi, - deydi tyutor Obidjon Naxalbayev. – Shu kunga qadar talabalar muzeydagi noyob eskponatlarning ma’lum qismi haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lgan bo‘lsalarda, endilikda amalda ko‘rib, keng tasavvurlarga ega bo‘lishdi. Bu kabi ma’naviy tadbirlarni kelgusidagi tez-tez o‘tkazishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz. 

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi