Talabaning ijarada turishini osonlashtiruvchi web dastur
Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti talabasi Alisher Tojinorov “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovida ishtirok etdi. Bunda “Talaba house” loyihasi bilan qatnashib, uch million pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. Loyihaning maqsadi ijarachi va talabalar o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan web ilova platformasini yaratishdan iborat.
- O‘qishdan tashqari dasturlash sohasini o‘rganish maqsadida Samarqand davlat universiteti Start-up loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi Inkubatsiya markazida rezident sifatida faoliyat olib boraman, - deydi talaba Alisher Tojinorov. – Bir qator tanlovlarda faol ishtirok etdim. “Talaba house” loyihasi ustida yanada mukammalroq ishlab, keng ommaga foydalanish uchun joriy etmoqchiman. Shu bilan birgalikda, agar bu loyiha samarali natija beradigan bo‘lsa, minglab yashash uchun muammosi bo‘lgan talabalarning ijarada turishini ta’minlash osonlashadi…
Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi

