“Tyutorlarni pedagogik faoliyatga tayyorlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Samarqand davlat universiteti faollar zalida universitet tyutorlari uchun shu mavzuda seminar bo‘lib o‘tdi. Uni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Zebiniso Rahmonova ochdi.
Tyutorlarga pedagogik faoliyatda shaxslararo munosabatlar psixologiyasi, ta’lim jarayonidagi emotsiyalar va ularni bartaraf etish, muloqot madaniyatini shakllantirish kabi mavzularda mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, nizoli vaziyatlar psixologiyasi yuzasidan turli fikrlar almashildi.





Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

