Tonggi ruhiyat
- Ko‘rdimki, eng yaxshi do‘st ilm ekan...
- Husni xulq (chiroyli xulq) dan ko‘ra yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik ustiga yomonlik qo‘shadiganroq narsani ko‘rmadim.
- Muvaffaqiyatni sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni esa sukutda ko‘rdim.
- Shariat va dinning poydevori sabr va ishonch ekan.
- Ko’rdimki, vaqtini “essiz”, “qaniydi”, “koshkiydi” lar bilan o’tkazgan kishining umri eng qisqa umr ekan.
- Ko‘rdimki, eng noyob ne’mat rostgo‘ylik va qahramonlik, eng og‘ir og‘riq esa yomon va munofiq do‘stlar ekan.
- To‘g‘ri so‘zlikdan ko‘ra go‘zalroq ziynatni ko‘rmadim.
Najmiddin Kubro

