Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida 1-kursga o‘qishga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

         Suhbatni universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Zebiniso Rahmonova ochib, talabalarga yaratib berilayotgan turli imkoniyatlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

         Filologiya fakulteti dekani, professor Azamat Pardaev talabalarning bilim olishi uchun nafaqat universitet, balki ota-ona ham mas’ulligini alohida ta’kidladi.

         Shuningdek, talabalarning o‘qishini nazorat qilish yuzasidan turli fikrlar almashildi. Ota-onalar farzandi o‘qishga kirgandan so‘ng, dunyoqarashi va fikrlashi ma’lum ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini ta’kidlab, universitetimiz professor-o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.