SamDU va Sunchunyang universiteti talabalari forumi…
Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida Koreya Respublikasining Sunchunyang universiteti bilan hamkorlikda “Students’ Forum for SSU & SCH” talabalar forumi tashkil etildi.
Unda insonlararo munosabatlar, COVID-19 ning ta’limga ta’siri, Markaziy Osiyo ta’limi, ijtimoiy media, internet tarmoqlardan unumli foydalanish masalalari Sunchunyang universiteti talabalari bilan birgalikda muhokama etildi.
Ikki yildan beri tashkillashtirilib kelinayotgan mazkur forum ikki hamkor oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘zaro fikr almashishi hamda muloqotini ta’minlab kelmoqda, - deydi SamDU xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabasi Baxtiyor Karimov. - Bugungi forum doirasida biz talabalar nafaqat ma’ruzalar bilan chiqish qildik. Balkim, koreyalik tengdoshlarimizning o‘qish sharoiti bilan tanishdik. Ular bilan do‘stona muloqot qildik.

Sardor Umarov,
Samarqand davlat universiteti
Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti dekan o‘rinbosari.

