Samarqand davlat universiteti Algebra va geometriya kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Norbobo Imomqulov vafot etdi.

    Norbobo Imomqulovning ilmiy-pedagogik faoliyati davrida respublika va xorijning ilmiy jurnallarida  30 dan ortiq ilmiy maqolalar, tezislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari e’lon qilingan edi. 2020 yil SamDU nashriyotida “Analitik geometriya kursi bo‘yicha masalalar yechish” o‘quv qo‘llanmasini chop etilgan edi.

    Norbobo Imomqulov yaxshi inson, ajoyib ota, talaba-yoshlarning yaqin maslahatgo‘yi edi.  

    Norbobo Imomqulovning yorqin xotirasi qalblarimizda abadiy qoladi.