Bugun O‘zbekistonda Abdulla Oripov she’rlari kirib bormagan xonadon, mahalla yo‘q, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shoir she’rlari mazmuni, xalqchilligi, samimiyati bilan inson qalbini zabt etadi.

    Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri, “O‘zbekiston Qahramoni” Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

    Filologiya fakulteti va universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, dotsent Sharofat To‘xlieva hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

    Tadbirda Abdulla Oripovning akasi Razzoq Oripov, singlisi Bibisora Oripova, farzandi Shoira Oripovalar ham ishtirok etib, shior bilan birgalikda yodda qolgan samimiy xotiralaridan so‘zlab berdilar.

    Shuningdek, dutorchi qizlar ansambli va iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga yanada zavq bag‘ishladi.

    Yakunda Abdulla Oripov tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan rasmlar  tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. 

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.