Yaponiya universitetlari bilan o‘quv-seminarlari tashkil etildi
Samarqand davlat universiteti talabalari uchun Yaponiyaning Tokio chet tillari universiteti va Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universitetlari bilan birgalikda seminar tashkil etildi.
Unda mintaqa va global miqyosdagi xavfsizlik va konfliktologiya, barqaror rivojlanish bilan bog‘liq sohalarda qo‘shma ta’lim dasturlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida innovativ tadqiqotlar bilan bog‘liq sohalarda ilmiy izlanish olib borish istagida bo‘lgan bakalavr, magistr va doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘zaro hamkorlikka taklif etildi.
Shuningdek, o‘qishga kirgan talabalarga alohida stipendiyalar ajratilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuvda talabalar yaponiyalik professor-o‘qituvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar.





Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

