Murojaatnomadan:

    Samarqandda “Tadbirkor boy bo‘lsa, xalq ham, davlat ham boy bo‘ladi” degan tamoyilni davom ettirgan holda joriy yilda ham ko‘plab tadbirkorlik loyihalari amalga oshirildi.

    Bugungi kunda viloyatimizda barcha darajadagi tadbirkorlar soni 98,1 mingtaga yetkazildi, shu yilning o‘zida 20,5 mingta tashkil etildi. 2022-yilda esa 130 mingtaga yetadi.

    O‘tgan yili pandemiya sababali kam quvvat bilan ishlayotgan 20 mingta korxonalar faoliyati tiklanib, bugungi kunda to‘liq quvvatda ishlamoqda.

    Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 866 milliard so‘m kredit ajratilib, 2836 ta (307,9 gektar) yer uchastkalari, 299 ta bo‘sh bino va inshootlar tadbirkorlik sub’yektlariga auksion orqali sotiladi, 11 ming 427 nafar yoshlar va xotin-qizlar tadbirkorlikka o‘qitildi;

    Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan 100 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya mablag‘lari ajratiladi.

    Buning natijasida, yalpi hududiy mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2021-yil yakuniga qadar 74,7 foizga yetadi.

    Bu ishlarni kelgusi 2022-yilda ham davom ettirib, yangidan 29,5 mingta tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish orqali, ular sonini 100 mingdan oshirish hisoblanadi. 

    O‘z bizneslarini boshlash va yuritish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 900 milliard so‘mdan ortiq kreditlar yo‘naltirish belgilab olindi;

    Bu yilgi mavsumda suv taqchilligi kuzatilgan sharoitda, tabiat injiqliklari – bahorning kam yog‘in kelgani, yoz faslidagi animal jazirama issiq viloyatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlarini yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tkazdi.

    Ana shunday qiyinchiliklarga qaramasdan, viloyatimiz bo‘yicha 627 ming tonna g‘alla olingan bo‘lsa, 244 ming tonna paxta yetishtirilib, paxtachilik tarixida har gektaridan

    32,4 syentner hosil yig‘ib olindi. Bundan tashqari, 1,7 mln.tonna sabzavotlar, 711 ming tonna kartoshka, 128 ming tonna poliz mahsulotlari, 379 ming tonna mevalar, 565 ming tonna uzum, 3 ming tonna pilla, 315 ming tonna go‘sht hamda 1,4 mln. tonna sut tayyorlashga erishildi.

    Yerni haqiqiy egasiga berish, ayniqsa, mahsulot yetishtirishdan tortib, uni sotishgacha bo‘lgan agrobiznesning yaxlit zanjirini o‘z ichiga qamrab olgan klaster modelini va kooperasiya tizimini to‘liq yaratilayotganligi o‘zining real natijalarini ko‘rsatmoqda;

    Hozirgi kunda jami 51 ta klasterlar, jumladan 9 ta paxta-to‘qimachilik, 23 ta g‘allachilik, 13 ta meva-sabzavotchilik, 5 ta kartoshkachilik va 1 ta dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularga 200 ming gektar yer maydoni biriktirib berildi.

    Kelgusi yilda viloyatda 1 ming 60 gektar sug‘oriladigan yerlar hamda 7 ming 100 gektar suv talab qilmaydigan ekinlarni joylashtirish hisobidan oborotdan chiqqan 8 ming 140 gektar yerlar qayta foydalanishga kiritiladi.

    Viloyatda 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida 16 million 300 ming dona manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlari ekish belgilab olindi.

    Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida ekilishi rejalashtirilgan 6 million 100 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlaridan bugungi kunda 5 million 400 ming donasi ekildi. Qolganlari ham yil yakuniga qadar ekiladi;

    Keyingi bosqich sifatida, aholini uy-joy bilan ta’minlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bizning bosh maqsadimiz hisoblanadi.

    Joriy yilda viloyatimiz bo‘yicha qishloqqurilish, shaharqurilish, agromir bulding va xususiy qurilish tashkilotlari tomonidan 167 ta 8 ming 557 xonadonli ko‘p qavatli kvartiralar qurilib, foydalanishga topshirildi.

    Shuningdek, joriy yilda chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 99 nafar bolalar uy-joy bilan ta’minlandi.

    2022-yilda ham viloyatning shahar va tumanlarida subsidiya asosida 4 ming 500 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi mo‘ljallangan.

    Yaqin ikki yil ichida, “Renovasiya” dasturi asosida, Samarqand shahrining Temir yo‘l orti hududida 100 mingdan ortiq aholi uchun ko‘p qavatli zamonaviy uylar hamda Shirin massivida 90 ming nafar aholiga mo‘ljallangan yangi shaharcha barpo etilishi bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi;

    Barchani xabari bor, Samarqand shahrini yashash uchun qulay va jozibador “millionli yashil shahar”ga aylantirish uchun amaliy ishlar boshlandi.

    Buning uchun, Samarqand, Pastdarg‘om, Oqdaryo va Toyloq tumanlari hududidan 18 ming gektar maydonlar shahar tarkibiga qo‘shilmoqda.

    Davlat idoralari va ma’muriy xizmatlar tarixiy markazdan yangi hudud, ya’ni Gulobod qo‘rg‘oniga ko‘chirilishi belgilanmoqda.

    Hozirda, shahar tarkibida 5 ta, ya’ni Siyob, Maroqand, Sug‘diyona, Bog‘ishamol va Qorasuv tumanlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surilmoqda.

    Bu bo‘yicha, shahar va tumanlarning sessiyalari o‘tkazilib, yaqinda bo‘lib o‘tgan navbatdagi xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida batafsil gaplashib olgan edik.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmat