Samarqand davlat universiteti xodimlari uchun "Siyosiy-ma'rifat soati" bo'lib o'tdi
Bugungi "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda so'nggi kunlarda bo'layotgan islohotlar va o'zgarishlar, xususan, Yoshlar forumi, davlat xizmatchilarining etikasi va hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida o'tkazildi.
Unda Samarqand davlat universiteti prorektorlari, bo'lim boshliqlari va doktorantlar ishtirok etdi
— O'tkazilayotgan Siyosiy-ma'rifat soatlarida universitetimiz xodimlarining huquqiy salohiyatini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va o'zgarishlarni yetkazish maqsad qilingan, - deydi SamDU kadrlar bo'limi boshlig'i Sitora Abdullayeva. — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan o'tkazilayotgan ushbu soatlar bugungi kun uchun dolzarb va muhim bo'lgani bilan ahamiyatlidir.



Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.

