Samarqand davlat universitetiga Turkiy dunyo Muhandis va me’morlar uyushmasi bosh kotibi doktor Ilyas Demirji boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

         Delegatsiyaga universitetimizda ta’lim beriladigan aniq fanlar sohasi va talabalarga yaratilgan turli imkoniyatlar yuzasidan ma’lumot berildi.

         Shuningdek, noyabr oyida Samarqand davlat universiteti delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi haqida ma’lumot berildi. Turkiya oliy o‘quv yurtlari bilan samarali hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani haqida aytib o‘tildi.

         Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borishda turli hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.