Samarqand davlat universitetiga Ukrainaning Xerson davlat universiteti rektori Aleksandr Spivakovskiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

         SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Ahmadjon Soliev bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki universitetning hamkorlik aloqalarini yangi  bosqichga ko‘tarish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan fikrlar almashildi.

         Xususan, aniq fanlar sohasini o‘qitishda tajriba almashish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

         Aleksandr Spivakovskiy Samarqand davlat universiteti Osiyodagi yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri ekanligini, bu yerda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi. Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari ikki taraflama manfaatli bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.