Xalqaro ta’lim dasturlari fakultetida ota-onalar hamkorligi davom etmoqda…
Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalarining ota-onalari uchun yig’ilish bo’lib o’tdi. Uni fakultet dekani, dotsent To’lqin O’rozov ochib berib, universitet hayoti, baholash tizimi, yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
- Samarqand davlat universiteti xalqaro ta’lim dasturlari(2+2) fakulteti 2019-yilda tashkil topgan. Bugungi kungacha 300 nafar talaba tahsil olmoqda, - deydi fakultet dekani, dotsent To’lqin O’rozov. – O’ngga yaqin xorijiy o’quv yurtlari bilan aloqalarni yo’lga qoyganmiz. Hozirda ellikdan ortiq talabalarimiz bir qator nufuzli oliy ta’lim dargohlarida o’qishni davom ettirmoqda...
- Bugun ilk marotab farzandimning o’qishi sababali Samarqand davlat universiteti hayoti bilan tanishmoqdaman. Taasurotlarim a’lo darajada, -deydi talabaning otasi Rasul Ravshanov. – Eng quvonarlisi qisqa vaqt ichida o’qishi bilan birgalikda chet tillarini o’rganish uchun astoydil harakat qilmoqda. Bu albatta, har bir ota-onaning orzusi bo’lsa kerak. Yana shunisi ahamiyatliki, nasib qilsa 2023-yilda farzandim o’qishini chet davlatda davom ettiradi. Biz albatta bundan xursandmiz.





Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar

