Samarqand davlat universiteti talabalariga Yaponiyaning Soka universiteti o’qituvchisi Nozomi Kusaka dars bermoqda. U xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi talabalariga yapon tili ko’nikmalarini o’rgatmoqda.

    - Samarqand juda chiroyli va mashhur shahar. Samarqand davlat universiteti ham juda yuqori saviyali, nufuzli universitet deb o’ylayman. Men bu yerda ishlab bunga amin bo’ldim. Samarqand shahriga sayohat maqsadida tashrif buyuradigan yaponlar juda ko’p. Lekin Yaponiyadan Samarqandga kelib ishlaydigan va Samarqanddan Yaponiyaga borib ishlaydigan mutaxassislar ozchilikni tashkil etadi. Hozirda SamDU va Soka universitetining olib borayotgan hamkorlik aloqalari nafaqat ikki universitetning, balki O’zbekiston va Yaponiya aloqalarining ham mustahkamlanishiga o’z hissasini qo’shishiga ishonaman. Samarqand davlat universiteti talabalari uchun yapon tili darslarining tashkil etilganligi buning yaqqol misolidir.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.