Kimyo fakulteti talabalarining ota-onalari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi
Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti talabalarining ota-onalari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uni fakultet dekani, dotsent Noryigit Musurmonov ochib berib, universitet hayoti, baholash tizimi, yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
- Samarqand davlat universiteti yurtimizda ilmiy salohiyati jihatdan kuchli uchtalik oliy o‘quv yurtalari sirasiga kiradi. Bugungi kunda 60 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha o‘ttiz mingga yaqin talaba tahsil olmoqda, - deydi SamDU kimyo fakulteti dekani, dotsent Noryigit Musurmonov. – Birgina kimyo fakultetining o‘zida 1200 nafar talaba o‘qimoqda. O‘quvchilarimiz malakali mutaxassislar tomonidan saboq olib kelishmoqda. Jumladan, Shimoliy Karolina universiteti professori, Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar, hindistonlik Makesh Kumar, turkiyalik Umar Azmun, qozog‘istonlik Kenjabek Akmaloyli, Amanjon Saginayev, rossiyalik Nikolay Ferapontov va Yuriy Galeomiddinov kabi mashhur akademik va professorlar onlayn ma’ruzalar bilan qatnashmoqda.
- Har bir ota-ona farzandining kelajagi uchun qayg‘uradi. Shu maqsadda qizimning o‘qishi, yurtimizga kerakli kadr bo‘lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga hamma vaqt harakat qilganmiz, - deydi talabaning otasi Xurshidjon Abdujabborov. – Samarqand davlat universitetidagi shart-sharoitlar, ayniqsa fakultetdagi o‘quv labaratoriyalarni ko‘rib ko‘nglimdagi xavotirlardan asar ham qolmadi. Talabalarimizning kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligiga hech qanday shubham yo‘q. Samarqand davlat universiteti farzandimning to‘g‘ri tanlovi.








Behruz Shamsiddinov
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov olgan suratlar.

