- To'rt narsa saodat dalilidir: to'g'ri so'z, tavoze, halol kasb-hunar, sir saqlash.

- Yoshlikda zahmat chekib, ilm o‘rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan.

- Odob, bu yomon so‘zdan va yomon ishdan o‘zini tiymoqdir hamda o‘zining ham, o‘zganing ham izzatini saqlab, obro‘sini to‘kmaslikdir.

- Yolg'on so'zlash kishining obro'sini to'ksa, hazil-mazax va o'yin odamni beizzat qiladi. Xususan, hukumat ahli agar hazil va mazaxga moyil bo'lsalar, haybat va shavkatlariga nuqson yetar.

- Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo to’g’risida qonun-qoida bo’lmasa, mamlakat ishlari buziladi.

 

Husayn Voiz Koshifiy