Samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti talabalari va Oksford universiteti professori Raymond Jozef Hofman ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir samimiy, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Talabalarga Angliya ta’lim tizimi, chet tilida so‘zlash ko‘nikmalari yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berildi.

    - Uchrashuvdan asosiy maqsadimiz talabalarda ingliz tili borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, muloqot madaniyatini shakllantirishdir, - deydi ingliz tili fani o‘qituvchisi Shohista Jumanova. - Talabalarimiz uchrashuvda juda faol bo‘lishdi. Ular o‘z fikrlarini chet tilida aniq va ravon ifodalashlari uchun bu kabi suhbatlarni tez-tez o‘tkazib turish muhim hisoblanadi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.