Samarqand davlat universiteti faxriylar kengashiga rais tayinlandi
Samarqand davlat universiteti faxriylar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Suhbatni Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov ochdi. Yosh avlodni tarbiyalashda nuroniy professor-o‘qituvchilarning alohida o‘rni mavjudligini, ulardagi tajriba va malakadan unumli foydalanish lozimligini, bu talabalar uchun katta imkoniyat ekanligini ta’kidladi.
Tadbirning asosiy maqsadi universitet faxriylar kengashiga rais saylash masalasi ekanligi ma’lum qilindi. Yakunda ovoz berish yo‘li orqali Samarqand davlat universiteti faxriylar kengashi raisi etib, o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Suyun Karimov saylandi.
Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov kengashning kelgusi ishlariga muvaffqiyat tiladi.






Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.

