12- dekabr O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni…
Hurmatli qishloq xo‘jaligi xodimlari!
Qishloq xo‘jaligi qo‘shimcha imkoniyatlarga boy soha. Bozorlarimiz fayzu barakasi, hayotimiz farovonligi ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Zero, yurtimiz zamini sahovatlidir. Shu bois, keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini yuksaltirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llashga alohida urg‘u berilmoqda.
Ilg‘or, zamon bilan hamnafas bugun siz dehqon va fermerlarimiz xalq dasturxonini to‘kin-sochin bo‘lishida issiq kunlarni issiqga, sovuq kunlarni sovuqga ulab, el xizmatida bular albatta fidokorona mehnatingiz samarasidir. Chunki, aholi har yili ko‘payib bormoqda. Bu bozorda ehtiyoj ham ortib boryapti degani. Shunday ekan, paydo bo‘layotgan ehtiyojni qondirishning eng asosiy yo‘llari bu unumdorlik va hosildorlikni oshirishdir.
Hurmatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlar, bobo dehqonlar, mirishkor g‘allakor, bog‘bon-u sohibkorlar, ilg‘or pillakorlar, fermer, agrar soha vakillari!
Sizlarni bugungi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universiteti jamoasi nomidan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Zero, xalq, dehqon boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi hayotiy va aniq vazifalarga boy ekanligi, sizlarni ezgu niyatlarda qilayotgan zahmatli mehnatlaringiz sharofatidir.
Ushbu mashaqqatli, shu bilan birga ma’suliyatli kasbingizga hamisha ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin. Xalqimiz ravnaqi yo‘lida hech ham charchamang. Qishloq xo‘jaligida ulkan marralarni zabt etishda zafarlar yor bo‘lsin. Yana bir bor kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan
Samarqand davlat universiteti
agrobiotexnologiya va oziq- ovqat
xavfsizligi fakulteti jamoasi

