Menga xayr tilamay keting,

Xayrlardan yuragim zada.

Taqdir shamoliga tan tuting,

Yo‘qsa izlab borar bezovta.

 

Menga salom yo‘llamang hargiz,

Savollarga ko‘milmay yashang.

Axir, Xudo borku ketsangiz,

Axir, hayot emasdir bashang!

 

G‘arib kulbam - qarshimdagi qalb,

Yorishadi oftob kabi bir.

Menga ulkan dardlarni so‘rab,

Yashashingiz istayman axir.

 

ZANJIRBAND

 

Unutgancha, «dunyo»sidan sakrab o‘tsang

Va yashasang. Xulyosini tashlab o‘tsang.

Kutsang, kenglik yutolmagan shamollarni,

Daryosida yuvsang toza xayollarni.

Oshiq bo‘lib, tongga alla aytsang to‘lib,

Bir kunda ming u dunyodan qaytsang kulib,

Yo sog‘inib, yo og‘rinib sevar seni.

Senchi, meni...

 

Shahrizod Shodiyev
Samarqand davlat universiteti
Filologiya fakulteti talabasi